Gʼijduvonda 3 ta yangi MTT ish boshladi

Bugun, 26 aprel Gʼijduvondagi 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Zargaron mahallasida Investitsiya dasturi doirasida qurilgan 90 oʼrinli 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barpo etilishiga 2,4 mlrd soʼm mablagʼ sarflandi. Shuningdek, tumanning Toshloq mahallasida ham “Soktari mukammal qurilish” MJCh Batafsil…

Romitan tumanida yana bir 120 oʼrinli MTT oʼz faoliyatini boshladi, aholi xursand

“Shoʼrcha” MFYda 120 oʼrinli 33-son maktabgacha taʼlim tashkiloti investitsiya dasturi asosida 2 mlrd 989 mln soʼm mablagʼ ajratilib, “Аxtam Hotam” MChJ quruvchilari tomonidan yangi qurilgan maskan rekonstruktsiya qilindi. Bu muassasa tumanimizning “Shoʼrcha”, “Navbahor”, “Poyjoʼy”, “Iftixor” mahallalari ahlining dilbandlari tarbiyalanadi. Kuni Batafsil…

Peshko’ tumani maktabgacha ta’lim bo’limi yangi zamonaviy binoda ish boshladi

Farzandlarimizning maktabda qanday oʼqishi, yuksak maqsadlar bilan kamol topishi koʼp jihatdan maktabgacha taʼlim tashkilotdagi tarbiyaga bogʼliq. Ilmiy kuzatishlar va -tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini 5 yoshgacha boʼlgan davrda olishi aynan bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha Batafsil…

Qumbostida 41-sonli MTT foydalanishga topshirildi

Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori Shofirkon tumanida ham xayrli ishlar uchun dasturilamal vazifasini oʼtamoqda. Bu avvalo jajji avlodning taʼlim-tarbiyasi yoʼlidagi saʼy-harakat sifatida mahalla va qishloqlarda maktabgacha taʼlim Batafsil…

Buxoro shahrida yana ikkita bogʼcha foydalanishga topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida buxoro viloyatida ham maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, bogʼchalar tarmogʼini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina misol. Soʼnggi toʼrt yilda shahar va tumanlarimizdagi 148 ta davlat Batafsil…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 65-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida berilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining sifatsizligi to’g’risida video-murojaat tarqaldi.  Murojaatga oydinlik kiritish maqsadida, Buxoro shahar prokuraturasi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rganish ishlari olib borildi.  O’rganish davomida, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yildagi Batafsil…

Jondorda MTT tarbiyalanuvchilari oʼrtasida shaxmat turniri boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-sonli “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Beshta muhim tashabbus”ning Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun Batafsil…

Kogon shahrida yana bir MTT foydalanishga topshirildi

Kogon shahrining “Istiqlol” MFY da zamonaviy talablar asosida yangidan qurib bitkazilgan 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Hududda yashovchi oilalarning 150 nafarini oʼz bagʼriga olayotgan bogʼcha aqlni peshlaydigan, bilimni charxlaydigan zamonaviy taʼlim-tarbiya vositalari bilan jihozlangan. MTTda bolajonlarning ovqatlanishi, dam Batafsil…

«Kosari»da 150 o’rinli MTT bolajonlar ixtiyoriga topshirildi

Vobkentning “Kosari” mahallasida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan 353 nafar bolajonlar boʼlib, hududda zamonaviy bogʼchaga ehtiyoj bor edi. Yangittan qad rostlagan 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga topshirilishi ham qishloq ahli uchun quvonchli voqea boʼldi. 150 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan ushbu Batafsil…